Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ish staji hisoblanadi

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ish staji hisoblanadi

Foto:«Uznews.uz»

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilingan.

Bu haqda «Huquqiy axborot» yozmoqda. 

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar – xizmatlar ko‘rsatishni, ishlar bajarishni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va yollanma mehnatdan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini rasmiylashtirgan shaxslardir.

Vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring