Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat staji yoziladi

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat staji yoziladi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori (566-son, 09.07.2019-y.) bilan O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar – xizmatlar ko‘rsatishni, ishlar bajarishni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va yollanma mehnatdan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini rasmiylashtirgan shaxslardir.

Mehnat guvohnomasi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra 1 oydan 12 oygacha muddatga, mehnat organlari tomonidan fuqarolarning doimiy yashash joyidan qat’i nazar beriladi.

Arizalar 3 kunda ko‘rib chiqiladi.

Guvohnomada ko‘rsatilgan davr pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga kiritiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga banklardan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armalari hisobiga imtiyozli mikrokreditlar ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring