Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida o‘quv-seminar tashkil etildi

«Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida o‘quv-seminar tashkil etildi

Bugun, 12-iyul kuni «O‘zLiDeP» siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan xalq deputatlari hududiy kengashlaridagi «O‘zLiDeP»dan saylangan deputatlik guruhlari vakillari hamda partiyaning hududiy kengashlaridagi «Yoshlar qanoti» yetakchilari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi.

Undan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni hamda shu yilning 4-iyul kuni mamlakatimiz rahbari boshchiligida yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalarni tahlil qilish, shu davrgacha partiya tuzilmalari tomonidan joylarda yoshlar orasida amalga oshirilayotgan ishlarni yana bir bor tanqidiy tahlil qilgan holda, bugungi kun talabalariga javob beruvchi yangi yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi rahbari, bir qator vazirlik va idoralarning yosh vazir o‘rinbosarlari ham ishtirok etgan hamda ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan muhokamalarda keyingi ikki yilda mamlakatimizda yosh avlodning mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga juda katta e’tibor qaratilayotgani qayd etib o‘tildi.

«Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturining esa ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lganligi, o‘z mohiyati, ko‘lami, ko‘zda tutilgan qamrovli masalaning yetarli moliyaviy asoslantirilgani bilan ushbu dastur na boshqa davlatlarda na O‘zbekiston tarixida analogiga ega bo‘lmagan yoshlar masalalariga mutlaqo o‘zgacha yondashuv bo‘lgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga mamlakatimiz rahbari tomonidan yoshlar masalasiga qayta-qayta e’tibor qaratilayotgani bejiz emasligi, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, 4-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi bu borada mavjud kamchiliklarni ro‘y-rost o‘rtaga tashlanganligi aytib o‘tildi.

«Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturidan kelib chiqadigan «O‘zLiDeP» «Yoshlar qanoti» oldidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan anjumanda masalaning shu va boshqa jihatlari haqida ham so‘z yuritildi. Anjumanda nafaqat yoshlar shuningdek, partiya faollari, yosh tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar, Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi vazirlik va idora vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Tadbirning amaliy ahamiyati shundaki, unda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, O‘zLiDeP hududiy Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudirlari, jamg‘arma vakillari, hududdagi yosh tadbirkorlar sho‘’balarga bo‘lingan holda «Davlat dasturidan kelib chiqib, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi bilan hamkorlikda partiya «Yoshlar qanoti» faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan namunaviy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdilar. Shuningdek, «Namunali biznes-rejalar ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan masster-klasslar o‘tkazildi. Bundan tashqari, partiya «Yoshlar qanoti» tomonidan joylarda mazkur dastur bo‘yicha belgilangan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida «Yosh tadbirkorlar» uslubiy qo‘llanma loyihasi tayyorlandi.

Qizg‘in, jonli muloqot, amaliy taklif va tavsiyalarga boy bo‘lgan tadbir so‘nggida «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturidan kelib chiqadigan «O‘zLiDeP» «Yoshlar qanoti» oldidagi ustuvor vazifalar belgilanib, bu borada ishlab chiqilgan namunaviy ish reja tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring