Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank Toshkent viloyatida 500 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

O‘zsanoatqurilishbank Toshkent viloyatida 500 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

O‘zsanoatqurilishbank Toshkent viloyatida 500 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazdiO‘zsanoatqurilishbank tizimida «Green banking» loyihasi doirasidagi ishlar nafaqat «yashil» moliyalashtirish, balki xayriya tadbirlarini ham o‘z ichiga olgan. Bu borada dastlabki sa’y-harakatlar Toshkent viloyatida amalga oshirildi.

So‘nggi yillarda jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirib, issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.



Prezidentimizning 2019 yil 4 oktyabrdagi «2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida «yashil» iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlari ishlab chiqilib, qator vazifalar belgilab berildi.

Shu bois O‘zsanoatqurilishbank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonida «Green banking» yo‘nalishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.



Bosh Bankda «Green banking» departamenti tashkil etildi. IFC mutaxassislari ko‘magida tuzilma xodimlari malakasi oshirilib, maqsad va vazifalari xalqaro standartlarda ishlab chiqildi. Shu kunga qadar 91 mln. AQSh dollarilik 20 ta «yashil» loyiha moliyalashtirilib, hayotga tatbiq etildi.

E’tiborlisi, Bank tizimida «Green banking» loyihasi doirasida atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirish va ekologiyani yaxshilash maqsadida yashilliklar kam bo‘lgan hududlarda mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va uni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish vazifasi ham rejalashtirildi.

– Bu borada biz dastlabki ishni Toshkent viloyatidan boshladik, – deydi «Green banking» departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Rofiyev. – Bo‘ka tumani hamda Angren va Chirchiq shaharlaridagi mahallalar guzarlari hamda aholi xonadonlariga 500ga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekdik.



Jumladan, Bo‘ka tumanidagi «Moytepa» mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) guzari, «O‘zbekiston» ko‘chasi hamda «Moytepa» jome masjidi hovlisiga 50 tup manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi. Bank xodimlari tomonidan mazkur mahallada «temir daftar»da turuvchi 5 ta oila hovlisiga olma, gilos, o‘rik kabi mevali ko‘chatlar ekib berildi.

Angren shahrida to‘rtta mahalla guzari atroflari, 2 ta qabriston, 10 ta «temir daftar»da turuvchi oila hovlisiga, Chirchiq shahrida esa «Ma’rifat», «Iftixor» hamda Mir Alisher nomli mahalla hududlari, «O‘rta mahalla» jome masjidi hamda bir nechta aholi xonadonlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

– Bugun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb masalalardan biri sanaladi, – deydi Chirchiq shahridagi «Mirzag‘olib» MFY raisi Hadicha Yo‘ldosheva. – Shu bois mamlakatimizda mazkur yo‘nalishdagi ishlarga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada O‘zsanoatqurilishbank sa’y-harakatlari, xususan «Green banking» loyihasi alohida e’tiborga molikdir. Bankning xayrli ishlari sabab bir necha o‘nlab mahalla va ko‘chalarimiz obod bo‘ldi, ehtiyojmand oilalarimizga rizq ulashildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan bu singari xayrli ishlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring