Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zstandart» agentligi tadbirkorlarni ogohlikka chaqirdi

«O‘zstandart» agentligi tadbirkorlarni ogohlikka chaqirdi

Foto: «O‘zstandart»

Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirish holati yuzasidan berilgan ma’lumot iste’molchilar va tadbirkorlarni yana bir marta ogohlikka chaqirib, mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatiga e’tiborli bo‘lishga undaydi, deyiladi «O‘zstandart» agentligi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, «O‘zstandart» agentligi tomonidan sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida 2020 yil fevraldan boshlab muvofiqlik sertifikatlari elektron tarzda maxsus axborot tizimi orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilib, Davlat Bojxona qo‘mitasining «Yagona darcha» idoralararo axborot tizimiga integratsiya qilingan.

Shuningdek, muvofiqlik sertifikatlarini qalbakilashtirish holatlarini oldini olish maqsadida 2020 yil may oyidan QR-kod texnologiyasi va elektron tarzda (inson aralashuvisiz) reyestr raqami shakllantirilishi tizimi ishga tushirildi.

Sertifikatlashtirish jarayonida axborot texnologiyalarini keng qo‘llash orqali tadbirkorlar tomonidan elektron arizalarni berish va iste’molchilar tomonidan mavjud sertifikatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratildi.

Bugungi kunda Sertifikatlashtirish milliy tizimida akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan rasmiylashtirilgan va amalda bo‘lgan muvofiqlik sertifikatlari haqida to‘liq ma’lumotlarni «O‘zstandart» agentligining www.sert2.standart.uz yoki www.certificate.standart.uz elektron manzillari orqali olish mumkin.

Bundan tashqari, QR-kod skaneri mobil ilovasi orqali QR-kod belgisini skanerlash orqali mahsulotning nomi, ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi tashkilot to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Ta’kidlanishicha, sertifikatlashtirish idoralari tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda  hamda mahsulotlarni muvofiqligini baholashda malakali kadrlarga e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shu bilan birga, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashmagan, qonunchilikdagi tartib qoidalarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan yoritilgan Yo.T. ismli xodim 2018 yilning sentyabr oyida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasidan chetlatilgan va  huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan.

«O‘zstandart» agentligi tadbirkorlardan o‘z mahsulotini ishlab chiqarish va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini baholashda ogohlikka chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring