Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parkent hokimligi shov-shuvli videoga izoh berdi

Parkent hokimligi shov-shuvli videoga izoh berdi

Toshkent viloyati hokimligi saytida e’lon qilingan munosabatda Parkent tumani hokimligining turli telegram kanallarga obuna bo‘lish haqidagi shov-shuvli videosi tavsiya ekani aytilgan.

«Bugungi kunda Parkent tumani hokimligining hamda «Parkent tongi» ijtimoiy-siyosiy gazetasining telegram kanallariga va tuman hokimining feysbuk sahifasiga tuman aholisi, davlat hamda jamoat tashkilotlari xodimlariga a’zo bo‘lish tavsiya qilib kelinmoqda», deyiladi bayonotda.

Rasmiy munosabatda videoda bu topshiriqni bergan odamning shaxsiga aniqlik kiritilmagan. Lekin «majburiy deb bong urish omma e’tiborini chalg‘itish» kabi ifodalangan.

Videoda ko‘rinib turganidek, tuman hokimi o‘rinbosari ekani aytilgan Baxtiyor Soatov barcha maktab o‘quvchilari, ularning yaqinlari, xususan, ota-onalari va boshqa qarindoshlarini ham yuqoridagri kanallarga obuna bo‘lishga chaqirgan. Bu bo‘yicha o‘qituvchilar hisobot berishi, agar birortasi obunasini qaytarib olsa, ular ro‘yxatga olinib, baribir qaytadan obuna bo‘lishga majburlanishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring