Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pasport almashtirishning so‘nggi muddati eslatildi

Pasport almashtirishning so‘nggi muddati eslatildi

Foto: «UZBEKISTAN 24»

O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan ta’minlash ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qildi.

Nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2018-yil 1-iyul etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari mumkin.

Hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida joylardagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga jismoniy imkoniyati cheklanganligi sababli yetib kela olmaydigan fuqarolar uchun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Xabarda eslatilishicha, pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashash, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Shu sababli biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni o‘z vaqtida almashtirishlari so‘ralgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring