Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paxtakor tumani hokimi ishdan ketdi

Paxtakor tumani hokimi ishdan ketdi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi Shukrulla Boboyev lavozimidan ketdi va uning o‘rniga yangisi tayinlandi.

Bugun Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Ergash Saliyev va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Paxtakor tumani hokimi lavozimiga tavsiya qilingan Asilbek Ashurov nomzodi barcha deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar A.Ashurov Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari bo‘lib faoliyat olib borayotgandi.

Sobiq hokimning nega lavozimdan ketgani hozircha ochiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring