Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli xodimi vafot etdi

Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli xodimi vafot etdi

Foto: Pensiya jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Qosimov Mirodil Mirxodiyevich olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda jamg‘arma matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, u jiddiy kassalik bilan og‘ir kurashdan so‘ng 2020 yil 19 sentyabr kuni vafot etgan.

Mirodil Qosimov 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, jumladan, 2010-2015 yillar davomida pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyat boshqarmasida Mablag‘larni boshqarish va to‘lov monitoringi bo‘limida mutaxassis, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2015-2020 yillarda Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring