Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pensiya kartasi qulaylashdi

Pensiya kartasi qulaylashdi

Foto: YaUPM

Yagona umumrespublika protsessing markazi va «Xalq banki» pensiya kartalaridan foydalanishga doir yangi imkoniyatlarni joriy etdi. Bu haqda YUPM xabar berdi.

«Xalq banki» kartasi pensioner istagiga ko‘ra ochiladi. Uning sohibi boshqa turdagi kartalar bilan solishtirganda bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi:

  • kartochka bepul ochiladi;
  • pensiya belgilangan muddatda avtomatik ravishda tushiriladi;
  • «Xalq banki»ga qarashli bankomatlar va kassalar orqali pul mablag‘larini naqdlashtirishda vositachilik haqi undirilmaydi;
  • pensiya kartasida 3 EKIH miqdorida overdraft amal qiladi (overdraft – qarz oluvchi mijoz hisobraqamida yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan holatda bank tomonidan kredit ajratilishi). Pensiya kelib tushishidan oldin har oy undan foydalanish mumkin. Overdraft kreditning amal qilish muddati 12 oyni hamda oylik foiz stavkasi 1,33%ni tashkil etadi. Pensiya kartasining sohibi so‘ralgan pul miqdorini karta hisobiga qabul qilishi hamda undan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin.

Pensiya kartalari haqida batafsil ma’lumotlarni «Xalq banki»dan olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring