Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Perm qahramoni» Mehnat vazirligi jamoasiga qabul qilindi

«Perm qahramoni» Mehnat vazirligi jamoasiga qabul qilindi

Foto: Mehnat vazirligi

Perm viloyatida YTHga uchragan 32 nafar yo‘lovchini saqlab qolgan Danil Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi jamoasiga qabul qilindi.


Mavzuga oid: Zamonamiz qahramoni. Rossiyada avtobus halokatida yo‘lovchilarni qutqargan yigit bilan suhbat (video)


«Endigina 20 yoshni qarshilagan bu yigitning ism-sharifi sizga tanish emasdir hoynahoy, biroq uning qahramonona harakatlari haqida aniq eshitgansiz. 2019 yilning 17 avgusti. Aynan mana shu kuni Rossiyaning Perm viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 17:00lar atrofida yo‘lovchi avtobus avtoulovning nosozligi sabab do‘kon devoriga borib uriladi. Falokat oqibatida 32 nafar yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkaziladi, bir nafar yo‘lovchi esa voqea joyida halok bo‘ladi. Halokat joyida baxtli tasodif tufayli Danil Yuldashev bo‘lmaganda, qurbonlar soni oshgan bo‘lardi balki», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring