Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxt prokuraturasi vaziyatga izoh berib, rasman uzr so‘radi

Poytaxt prokuraturasi vaziyatga izoh berib, rasman uzr so‘radi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda Toshkent shahar prokuraturasining «Telegram» kanaliga havola berilgan holda  kuni kecha o‘ldirib ketilgan dizayner Narimon Grigoryanning murdasi  aks etgan videorolik va suratlari tarqaldi.

Jamoatchilikning keskin  noroziligiga sabab bo‘lgan mazkur holatga Toshkent shahar prokuraturasi izoh berdi. Unga ko‘ra: «...Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, «Instagram», «Facebook» tarmoqlari hamda «Telegram» kanallariga joylashtirilgan ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan edi. Biroq operator xatosi  tufayli ayni videorolik rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa to‘rtta material bilan birgalikda yuklab yuborilgan.

Yuzaga kelgan holat sabab  Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko‘rdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so‘raydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring