Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Foto:«Xabar.uz»

Avvalroq, yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) «Oltin o‘lka» essesida «O‘zbekiston iqtisodiy qudratining cho‘qqisiga chiqqan vaqtda» poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bergani xabar qilingandi.

Ijodkorning mazkur taklifi jamoatchilik orasida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi.

«Sputnik» nashri mazkur masala yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovda 649 kishi ishtirok etgan. Natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas degan bandga ovoz bergan. Ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning fikricha, bu budjet mablag‘ini bekorga sarflashdir.

 13 foiz kishilar esa yozuvchi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.

So‘rovda qatnashganlarining 17 foizidan ko‘pi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz berishgan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temir davlatining poytaxti, 1925-1930-yillarda esa O‘zbekiston SSRning poytaxti bo‘lgan.

So‘rovda qatnashganlarning 10 foiziga yaqin qismi O‘zbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz berishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring