Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtning ayrim ko‘chalari «Gran-Pri Toshkent–2021» sabab yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari «Gran-Pri Toshkent–2021» sabab yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

26-iyun kuni soat 17:00 dan 27-iyun soat 18:00 gacha «Gran-Pri Toshkent–2021» xalqaro karting musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:

– Shahrisabz ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Amir Temur shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Yakub Kolas ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Tarasa Shevchenko ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring