Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoni bilan oylik, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

Prezident farmoni bilan oylik, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 2 iyul kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Farmon matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2018 yilning 15 iyulidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshiriladi.

Shuningdek, mazkur sanadan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;

- yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirishi belgilab qo‘yildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring