Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident «haddidan oshgan» hokimlarga dakki berdi

Prezident «haddidan oshgan» hokimlarga dakki berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida asossiz ravishda tadbirkorga xalaqit berishni to‘xtatish zarurligini aytib o‘tdi. Bu haqda «Menimcha» ko‘rsatuvida videolavha namoyish etildi.

«Toshkent shahar hokimi, o‘zi tadbirkor bo‘lsa ham, eng ko‘p – 11 mingta tekshirish tashkil qilgan. Surxondaryoda 6 mingta, 3 baravarga ko‘paytirgan Bobolov. Toshkent viloyati 1,5 baravarga ortib 8 mingtaga, Farg‘onada 1,6 baravar ortib 7 mingtaga ko‘paygan. Toshkent shahar hokimi, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyati hokimlari bir hafta muddatda tadbirkorlar bilan uchrashib, yechimini, aytilgan gaplarini yozib olib menga beradi. Kafolat berasan tadbikorlarga. Qaror qabul qilinadi, tadbikorlik faoliyatiga asossiz aralashuvning oldini olish uchun endi 22 turdagi tekshiruv faqat va faqat biznes-ombudsmanning ruxsati bilan amalga oshiriladi»— deydi prezident.

Ushbu yig‘ilishda joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar soni 1,7 barobarga oshib, 86 mingtani tashkil etgani, bu tadbirkorlar tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotgani qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring