Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi

Prezident Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning avvalgi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlarga muvofiq Samarqand davlat universiteti yonida buyuk mutafakkir Konfutsiy haykali o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Prezidentning matbuot xizmati.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Haykal atrofidagi mo‘’jaz maydonda qadimgi Xitoy an’analariga xos ayvonlar barpo etildi. Shu yerdagi to‘qqiz qavatli o‘quv va ma’muriy binoda qurilish ishlari amalga oshirilib, uning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari andozalariga moslashtirildi.

Bu yerda xalqaro ta’lim dasturlari markazi tashkil etilmoqda. Unda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlaridagi eng yaxshi tajribalar o‘rganiladi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari markaz loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, shu yerda Samarqandda turizmni rivojlantirish, kongress-xol va mehmonxonalar qurishga oid ko‘plab loyihalar namoyish etildi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Konfutsiy instituti va «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti ochilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring