Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan kreditorlar himoyasi kuchaytiriladi

Prezident qarori bilan kreditorlar himoyasi kuchaytiriladi

Foto: «Huquqiy axborot»

Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan:

- garov bilan ta’minlanmagan kreditorlar talablarini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qondirish qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritilgan sanaga ko‘ra kalendar ketma-ketligida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu tartib qarzdorning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatiga tadbiq etilmaydi;

- garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar o‘z talablarini qondirishda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar;

- mol-mulkni xarid qilishni uni ta’minot sifatida qo‘yish evaziga moliyalashtirgan kreditor garov reyestriga tegishli yozuvni kiritgan taqdirda, ushbu mol-mulk hisobidan o‘z talablarini qondirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi;

- navbatdagi garovga qo‘yishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan avvalgi garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi; 

-garovga qo‘yuvchi tomonidan garov predmetini ijaraga berishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini xabardor etish sharti bilan garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi.

Qaror bilan: 

- shartnomada o‘zgacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan mol-mulkidan foydalanish yoki uni sotishdan olingan hosil va daromadlarga kreditorning ustuvor huquqi tatbiq etiladi;

- lizing, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi oldi-sotdi, ijara yoki boshqa bitimlar ob’yekti bo‘lgan hamda ushbu bitimlarda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun qo‘yilgan mol-mulkka garov uchun belgilangan undiruv qaratish tartibi tadbiq etiladi;

- yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash predmeti sifatida qo‘yilgan ko‘char mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrug‘i instituti tadbiq etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring