Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Prezident sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: «islomkarimov.uz»

Asadjon Xo‘jayev Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Uznews.uz» xabar bermoqda.

Asadjon Xo‘jayev 2017-yil martidan avgustiga qadar Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan. So‘ng Birinchi Prezident Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

U 2011—2012-yillarda Intellektual mulk agentligiga, 2012—2017-yillarda esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring