Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident topshirig‘i bilan Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida maxsus komissiya tuzildi

Prezident topshirig‘i bilan Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida maxsus komissiya tuzildi

Foto: «President.kg»

Bugun, 18-yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgani, 5 nafar odam omon qolgani haqida avval xabar bergan edik. Qurbonlarning aksariyatini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida maxsus hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Komissiya tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa tashkilotlar vakillari kiritilgan. Maxsus komissiya oldiga Qozog‘iston hukumati bilan birga favqulodda hodisaning sababini aniqlash, qurbonlarning shaxsini aniqlash vazifasi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring