Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident ushbu haftada Andijonga boradi

Prezident ushbu haftada Andijonga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingini o‘tkazdi. Unda ushbu haftada rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, bu haftada ham prezident Shavkat Mirziyoyevning kun tartibi tig‘iz bo‘ladi.

Bugun sog‘liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo‘nalishlariga oid), hamda Toshket viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar,  ertaga oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi belgilangan.

Shuningdek, 15 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlari mo‘ljallangan.

17-18 iyun kunlari esa davlat rahbarining Andijon viloyatiga safari rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring