Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning qaror va topshiriqlarini bajarmagan mansabdorlar javobgarlikka tortildi

Prezidentning qaror va topshiriqlarini bajarmagan mansabdorlar javobgarlikka tortildi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Boshqarma tomonidan Prezidentning qaror va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, uning ijrosi muntazam ravishda joylarga chiqib o‘rganilmoqda.

Tekshirishlar davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan 36 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta’minlandi.

Mazkur tekshirishlar davomida asosiy e’tibor Prezident qaror va topshiriqlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratildi.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 51 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 3 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shu bilan birga, 17 ta tadbirkorlik sub’yektlariga 53,3 mlrd. so‘m va 4,3 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 11,4 gektar yer maydoni ajratilishiga hamda 26 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 55,2 mlrd. so‘m pul mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.

Bu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring