Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Puli to‘langan...ammo mahsulotdan darak yo‘q»

«Puli to‘langan...ammo mahsulotdan darak yo‘q»

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyalari, Karmana tuman jamiyatiga 2019-yil 18-aprelda Navbahor tumanida yashovchi fuqaro Anvar Jo‘rayev og‘zaki murojaat qilgan.

U o‘z murojaatida ma’lum qilishicha, 2018-yil avgust oyida «RIVER GRAND» korxonasiga bug‘doy yormasi olish uchun 7 900 000 so‘m ko‘chirgan. Ammo iste’molchi mahsulotni ololmagan, bu bo‘yicha korxonaga murojaat qilganida, fuqaroning murojaatini e’tiborsiz qoldirishgan.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va sotuvchiga «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalari bo‘yicha tushunchalar berilgandan so‘ng, fuqaroga mahsulot shu kunning o‘zida olib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring