Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qarama-qarshi»: Bizga tungi klublar kerakmi? (video)

«Qarama-qarshi»: Bizga tungi klublar kerakmi? (video)

Foto: «bigmir.net»

«O‘zbekiston24» telekanalida «Qarama-qarshi» ko‘rsatuvi efirga uzatildi. Ko‘rsatuvda tungi klublar faoliyati tahlil qilindi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi kameral-nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nuriddin Erkaboyevning aytishicha, tungi klublarning tushumi tahlil etilganda, amaldagisidan to‘rt barobar kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlangan. Bu — katta miqdordagi soliqdan qochish demakdir.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Oybek Mannonov esa tergov jarayonida aniqlangan holatlar haqida so‘zlab bergan.

Ko‘rsatuvda huquqni himoya qilish organlari, sportchilar, mahalla faollari, mutaxassislar tomonidan tungi klublar faoliyati va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish haqida so‘z yuritilgan. Ishtirokchilar tungi klublar faoliyatini tartibga solish, yoshlarning madaniyatini yuksaltirish borasidagi taklif va mulohazalarni o‘rtaga tashlagan. Uni quyidagi video orqali o‘zingiz ham tomosha qilib, xulosa qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring