Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyat rahbarlari «tushlik pulini bermayapti»

Qashqadaryo viloyat rahbarlari «tushlik pulini bermayapti»

Foto: «Nasafnews.uz»

Qarshilik tadbirkor, «Magnit» choyxonasi rahbari Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo boshqarmasi o‘tkazgan 2 ta tadbir pulini qariyb 9 oydan beri ololmay sarson bo‘lmoqda.

Bu haqda blogerlar Husan Komiljonov va Kapitan Karimov ma’lum qilishgan.

Xabarlarga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo boshqarmasi o‘tkazgan 2 ta tadbirning tushlik puli, salkam 20 mln so‘mga yaqin mablag‘ 9 oydan beri to‘lab berilmagan. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va agentlik rahbari Temur Poyonovga 5 oy avval blogerlar xabar bergan.

«Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaylik deydilar. Lekin Qarshi shahrida tadbirkor 9 oydan beri aziyat chekmoqda. Prezident siyosatiga xiyonatmi bu?» — deb yozadi Husan Komiljonov.

«Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshevni hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi rahbari Temur Poyonovni ham bu muammodan xabari bor. Poyonovning rahbarlik lavozimiga tayinlanganiga 6 oyga yaqinlashdi. Ammo shu paytgacha tadbirkorning muammosi hal etilmadi. Choyxona pulini to‘lash qo‘lidan kelmas ekan, ishtirokchilardan tushlik pulini yig‘ib olish kerak edi», — deb yozadi Kapitan Karimov.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda 2020-yil 18-dekabrdan 26-dekabrgacha «Yoshlar festivali» o‘tkazilgandi. Tashkiliy ishlar Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev zimmasiga yuklatilgandi.

Ammo Rustam Yo‘ldoshevning e’tiborsizligi viloyatdagi ayrim blogerlarning tanqidlariga uchragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring