Qashqadaryoda 2006-yilda vafot etgan fuqaro «ishtiroki»da dalolatnoma tuzildi

Qashqadaryoda 2006-yilda vafot etgan fuqaro «ishtiroki»da dalolatnoma tuzildi

Foto:http://bahsnews.uz

Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaro R.Sa’dullayeva murojaati asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Arizada Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari 2014-yil 16-yanvarda tuzgan dalolatnomani g‘ayriqonuniy deb topish va uning asosida hisoblangan 1 mln. 669 ming 20 so‘m qarzdorlikni undiruvdan chiqarish va jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 5 mln. so‘m tovon puli undirish so‘raldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Gap shundaki, fuqaro R.Sa’dullayevaning uyida elektr hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsa-da, korxona tomonidan Qarshi shahridagi xonadonlarda elektr energiyasidan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha jalb qilingan Nishon tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.G‘ayimnazarov 2014-yil 16-yanvarda «hisoblagich o‘zboshimchalik bilan almashtirilgan» deb dalolatnoma tuzadi. Ajablanarli tomoni shundaki, ushbu dalolatnomaga R.Sa’dullayeva emas, uning 2006-yili vafot etgan otasi S.Turdiyev ishtirok etdi deb, hatto marhumning imzosi ham qo‘yilgan ekan.

Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha material¬larda to‘plangan hujjatlarni o‘rganib chiqib, dalillarga huquqiy baho berdi va iste’molchining talabini qisman qanoatlantirdi. Ya’ni Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining tuzgan dalolatnoma g‘ayriqonuniy deb topildi va R.Sa’dullayeva xonadoniga hisoblangan 1 mln. 669 ming 20 so‘m qarzdorlikni undiruv ro‘yxatidan chiqarish majburiyati yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring