Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda tandir go‘shti sayli tashkil qilinadi

Qashqadaryoda tandir go‘shti sayli tashkil qilinadi

Shu yil bahorda G‘uzor tumanidagi adirliklarda «Lola va kabob sayli»ni tashkil etib, vohada gastronomik turizmni rivojlantirish va Qashqadaryoning eng mashhur taomi – tandir go‘shtini mahalliy va chet ellik sayyohlar o‘rtasida yanada ommalashtirish nazarda tutilgan, deyiladi «Qashqadaryo» gazetasi xabarida.

O‘zbekiston gastronomik turizm assotsiatsiyasi raisi Gulnoza Odilovaning aytishicha, «Lola va kabob sayli»ni Qashqadaryoda lolaqizg‘aldoqlar ochilgan vaqtda, bevosita lolazorda uch kunlik festival tarzida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

— Maqsad — butun dunyoga tandir kabob Qashqadaryoning o‘ziga xos gastronomik brendi ekanligini namoyish etib, shu orqali hududning turistik salohiyatini yanada oshirishdir, —- deydi Gulnoza Odilova. — Festival doirasida «Eng mazali tandir kabob» tanlovini uyushtirib, tandir go‘shti tayyorlashga ixtisoslashgan qashqadaryolik eng zo‘r oshpazlarni aniqlash, qolaversa, shu yerning o‘zida bu mashhur taom degustatsiyasi (tatib ko‘rish jarayoni) va savdosini tashkil qilish mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring