Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryolik polvonlar muruvvat ko‘rsatishdi

Qashqadaryolik polvonlar muruvvat ko‘rsatishdi

Foto: «Voha.uz»

Qashqadaryo viloyatida bir guruh ko‘pkari chopadigan polvonlari tashabbusi bilan 18 mart kuni Qarshi shahridagi «Baxt» to‘yxonasida bir qator tumanlardagi yordamga muhtoj oilalarning farzandlariga sunnat to‘ylari qilib berildi.

11 nafar bolajonlarga boshdan-oyoq sarpolar kiydirildi va sovg‘a salomlar ulashildi. Bayram ishtirokchilariga doshqozonlarda osh damlandi va dasturxonga tortildi. Bu hayriya tadbiriga bir guruh sahiy insonlar ham qo‘shildi. E’tiborlisi, polvonlar va saxovatpesha insonlarning tashabbusi bilan Qamashi tumanida bolajonlarning sunnat to‘yiga bag‘ishlanib, 20 mart kuni ko‘pkari ham o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring