Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi yo‘nalishda korrupsiya kuchli? Adliya vazirligi maxsus ro‘yxatni taqdim etdi

Qaysi yo‘nalishda korrupsiya kuchli? Adliya vazirligi maxsus ro‘yxatni taqdim etdi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilganini xabar qilgan edik. 

Foto:«Xabar.uz»

Anjumanda ma’lum qilinishicha, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasi tasdiqlanib, korrupsiyaga eng ko‘p duch kelishi mumkin bo‘lgan vakolatlar va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ro‘yxat quyida keltirilmoqda. 

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi yuqori bo‘lgan funksiyalar:

1. Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish.
2. Adliya organlari xodimlarini Toshkent shahrida doimiy propiskaga qo‘yish.
3. Tadbirkorlik sub’yektlariga yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berish.
4. Markaz xodimlarining xatti-harakatlarini nazorat qilish.
5. Davlat xizmatlari uchun to‘lov qiymatlarining oshkor etilishi.
6. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash, attestatsiyadan o‘tkazish, ularga martaba darajalarini berish
7. Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarni adliya organlariga va muassasalariga beradigan hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun mazkur tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirish.
8. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish.
9. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
10. Davlat xaridi predmeti va narxini shakllantirish, xarid to‘g‘risidagi e’lon berish, ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish.

Lavozimlar.

1. Notarial idoralar xodimlari
2. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari
3. Sud ekspertlar
4. Xo‘jalik ishlari bo‘limlarida ishlovchi xodimlar
5. Notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xodimlar
6. Kadrlar bilan ishlovchi bo‘linmalar xodimlari
7. Vazirlik tizimidagi ta’lim musassasalari pedagog xodimlari
8. Yuridik xizmat faoliyatini nazorat qiluvchi bo‘linmalar xodimlari

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ro‘yxat doimiy tahlil va monitoring asosida yangilanib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring