Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistondagi O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi

Qirg‘izistondagi O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi

Foto: «Wikiway.com»

O‘zbekiston Respublikasining Bishkek shahridagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 2018-yilning 11-12-may kunlari O‘sh shahrida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari hududida vaqtinchalik yoki doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tadi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, sayyor konsullik qabuli Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining O‘sh shahridagi vakolatli vakilligi binosida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni qabul qilish (0312) 98-62-96 telefon raqami orqali yoki elchixona veb-saytidagi elektron tizimida oldindan ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring