Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishloq ayollari mehnati eslanadigan kun

Qishloq ayollari mehnati eslanadigan kun

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2020-yil 15-oktyabrda «Xalqaro qishloq ayollari kuni» va «Butunjahon oziq-ovqat kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston «Agrar soha ayollari» assotsiatsiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekistondagi Vakolatxonasi ko‘magida jurnalistlar orasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro qishloq ayollari kuni har kungi mashaqqatli mehnati insoniyatning farovonligi, uning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayotgan qishloq ayollarining jamiyatimiz hayotidagi muhim o‘rnini dunyo aholisi yodiga solish maqsadida belgilangan. Gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish FAOning qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish va qaror qabul qilish jarayonlarida qishloq aholisining to‘la ishtirokini ta’minlash yo‘li bilan hamma uchun oziq-ovqat xavfsizligiga erishishni niyat qilgan.

Butunjahon oziq-ovqat kuni joriy yilda FAOning 75 yilligini nishonlab, «O‘stiramiz, boqamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz. Birgalikda. Kelajagimiz o‘z qo‘limizda» shiori ostida o‘tmoqda. Mazkur sana insonlarni umumiy hamfikrlik, birdamlikka chaqirib, keskin o‘zgarish davrida eng muhtojlarga yordam berish va oziq-ovqat tizimlarini yanada barqaror va mustahkam qilishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston jurnalistlari o‘rtasidagi ushbu tanlov OAVda qishloq ayollarining yutuqlarini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovga televideniya, O‘zbekiston bosma va internet nashrlarida chop etilgan ishlar taqdim etilgan.

Tanlov natijalariga ko‘ra «Agrar soha ayollari fidokorligi» va «Qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ayollar faolligi» yo‘nalishlari bo‘yicha 15 nafar g‘olib aniqlandi. Nominatsiyalar bo‘yicha birinchi uchta o‘rin sohibalari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 6 ta ish mualliflari rag‘batlantiruvchi sovrinlarni qabul qilib olishdi.

Tadbirning badiiy qismida kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring