Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon» yo‘nalishida shaharlararo elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon» yo‘nalishida shaharlararo elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan vodiy viloyatlarini temir yo‘l orqali bir-biriga bog‘lash hamda yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida «Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon» yo‘nalishi bo‘ylab har kuni ikkitadan elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Elektro poyezd qatnovi tonggi soat 06:22 da Qo‘qon vokzalidan boshlanadi. Poyezd soat 9:03 da Andijon vokzaliga yetib keladi. Masofaning umumiy uzunligi 136 kilometrni tashkil etib, elektrichka bu yo‘lni 2 soat 45 daqiqada bosib o‘tadi.

Andijondan shu poyezd 10:10 da jo‘nab Qo‘qon shahriga soat 12:57 da qaytadi. Soat 14:50 da poyezd yana shu yo‘nalish bo‘yicha orqaga qaytib, Andijonga 17:55 da kirib boradi. Kun davomidagi so‘ngi reys 20:55 da Qo‘qon shahriga yo‘lovchi poyezdining kirib borishi bilan yakunlanadi.

Elektrichka o‘z yo‘lida 9 ta vokzalda to‘xtab o‘tadi. Muhimi chiptalar hamyonbop. Masalan, Qo‘qondan Oltiariqqa qadar – 3000 so‘m, Quva va Marg‘ilongacha – 5000 so‘m, Qo‘qondan Andijongacha esa – 7000 so‘mni tashkil etadi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, «Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon» yo‘nalishi uchun qatnovga qo‘yilgan elektrichkalar tarmoq tasarrufidagi vagon depolarida qayta ta’mirlanib, yo‘lovchilar uchun xavfsiz, qulay va sifatli ko‘rinishga keltirildi. Vagonlarda qishda issiq, yozda salqin harorat ta’minlanadi. Ayni paytda «Toshkent – Ho‘jakent –Toshkent» hamda «Toshkent – Guliston – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan elektrichkalar ham sifatli ta’mirlash jarayonidan o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring