Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda egizaklariga Shavkat, Miromon va Mirziyo deya ism qo‘ygan fuqaroga «Kobalt» avtomobili berildi

Qo‘qonda egizaklariga Shavkat, Miromon va Mirziyo deya ism qo‘ygan fuqaroga «Kobalt» avtomobili berildi

Foto:«Facebook.com»

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida dunyoga kelgan uch nafar egizaklarning ota-onasiga «Kobalt» avtomobili sovg‘a qilingan. Bu haqda «Ferganskaya pravda» nashri xabar bergan.

«Feysbukda chaqaloqlarning qarindoshlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, egizaklarga Prezident sovg‘asi—avtomobil sovg‘a qilingan. Ushbu quvonchli xabarni chaqaloqlarning xolasi Xurshida Ustajalilova ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan» deyiladi xabarda.

Avvalroq, 18-dekabr kuni Toshkentda Ruslan Qoryog‘diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o‘g‘il farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi. Chaqaloqlarning ota-onasi egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ygandi. Ularga ham «Kobalt» avtomobili sovg‘a qilingan.

Foto:«Facebook.com»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring