Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘shni davlatlarga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Qo‘shni davlatlarga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «Uzbekistan airways»

Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolangani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibi soni, shu jumladan, platskart vagonlar ulushini ko‘paytirish, budjeti past bo‘lgan xorijiy avia va temir yo‘l kompaniyalari, shu jumladan, «Rossiya temir yo‘llari» bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring