Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi Santo farmatsevtika zavodiga press-tur uyushtirildi

Qozog‘istondagi Santo farmatsevtika zavodiga press-tur uyushtirildi

Bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar ishtirokida Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan Santo zavodiga press-tur uyushtirildi.

Santo farmatsevtika zavodi Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yetakchi korxona sanaladi. Zavodning 1300 nafar ishchisi bor, shuningdek, Chimkent, Olma-ota, Bishkek va Toshkent shaharlarida ofislariga ega. 240 turdagi turli dorilarni ishlab chiqaradi.

Jurnalistlar zavodning uchta yirik sexidagi ishlab chiqarish jarayonini kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar. Albatta, bu jarayonlarda sanitariya talablariga to‘liq rioya qilindi, press-tur a’zolarining barchasi zarur himoya vositalari bilan ta’minlandi.

Santo kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari Italiya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa xalqaro ishlab chiqaruvchilarning so‘nggi avlod noyob uskunalari bilan jihozlangan va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va integratsiyalashuvining jahon darajasiga mos keladi.

Kompaniyaning birinchi bosqichli vazifasi mahsulot sifatini takomillashtirish hisoblanadi.

Korxonada Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi tadqiqot laboratoriyalaridan biri, sifat departamenti va markaziy zavod laboratoriyasi mavjud. Bu yangi dori vositalarini ishlab chiqish, loyihalash va o‘zlashtirishni mustaqil ravishda amalga oshirish imkonini beradi.

Santo Markaziy Osiyo bozorlariga yuqori sifatli dori vositalarini ishlab chiqadi, ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari har yili quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi:
• 708 million tabletkalar;
• 255 million kapsulalar;
• 7,5 million sashelar;
• 8,4 million steril bo‘lmagan suyuq peroral dori vositalari flakonlari;
• 250 million ineksiya eritmalarga ega ampulalar;
• 2,9 million infuzion eritmalarga ega flakonlar;
• 46,7 million sefalosporin qatoridagi antibiotik kukunlari flakonlari;
• 15,5 million penema/misin qatoridagi antibiotik kukunlari flakonlari.

Jurnalistlar dori tayyorlash jarayonlarini bevosita kuzatish asnosida, texnika xavfsizlik qoidalari, sanitar talablar bilan ham to‘liq tanishdilar. Zavodning uchinchi, tabletkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sexida korxona ishlab chiqaradigan preparatlar va qadoqlash jarayoni o‘rganildi. Zavodda ishchilar uchun maxsus to‘rt smena tashkil etilgan bo‘lib, bu yuklamaning normada ekani, mexnat qonunchiligi talab darajasida ekanini anglatadi.

Santo zavodi JSST hayotni saqlaydigan dori vositalari deb tasniflagan, sog‘liqni saqlash tizimining asosi bo‘lgan va ularsiz samarali faoliyat ko‘rsata olmaydigan muhim dori vositalarini ishlab chiqaradi.

Bular antibiotiklar, kardiologik vositalar, o‘tkir sharoitlarni davolash uchun preparatlar, nafas olish tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak, nevrologik va psixiatrik kasalliklarni davolash uchun preparatlar, shuningdek, dorilar yoki simptomatik terapiya va boshqalar. O‘ziga xos og‘ir kasalliklar uchun, masalan, gemodializdagi bemorlar uchun maxsus dori vositalari mavjud.

2020-yil noyabr oyida zavod rekord miqdordagi dori vositalarini ishlab chiqardi – 9,7 million tayyor dori vositalari qadoqlari. Bu zavod tarixidagi oylik dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq rekorddir.

Ta’kidlash joizki, Santo korxonasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2021 yil 1 yanvarda ochilgan. Kompaniya o‘zining sifatli mahsulotlari bilan o‘zbek farmatsevtikasi sohasida yetakchi o‘rin egallash niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring