Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qumqo‘rg‘onda Bosh qomusimiz tantanalari o‘zgacha nishonlandi

Qumqo‘rg‘onda Bosh qomusimiz tantanalari o‘zgacha nishonlandi

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 27 yilligi hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlandi. Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida ham bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan kun hayrli boshlandi. Tuman hokimi Raxmatulla Gapparov tashabbusi bilan eng avvalo ko‘ngli o‘ksik, kam ta’minlangan oilalar bayram bilan qutlandi. Ular holidan xabar olinib, bayram dasturxoniga oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.

Asosiy bayram tadbirlari "To‘maris" tantanalar saroyida davom etdi. Unda mirishkor dehqon va fermerlar, chorvador va pillakorlar, mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi yig‘ilganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligi hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tabriklab, tabiat injiqliklariga qaramasdan yer bilan tillashib, qadoq qo‘lari bilan urug‘dan baraka yaratib, mo‘l-hosil yetishtirgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, soha fidoyilari, faxriy ustozlarlarga sovg‘alar topshirdi.

Poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli xonandalarning chiqishlari barchaga ko‘taringi kayfiyat baxsh etdi.

Soha vakillarining tinimsiz mehnatlari tufayli, joriy yilda tumanimiz 29272 tonna g‘alla, 28022,0 tonna paxta, 205 tonna pilla maxsulotlarini yetishtirib, viloyatda belgilangan shartnomaviy rejalarni ortig‘i bilan bajardi.

Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillari qatori tuman hokimi R.Gapparov va sektor rahbarlari “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar va viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring