Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quruq, kam bulutli va issiq ob-havo qaytmoqda

Quruq, kam bulutli va issiq ob-havo qaytmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi yangi boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Iyul oyining oxiri va avgustning ilk kunlarida kuzatilgan yomg‘irli va past haroratli qisqa muddatli davrdan so‘ng shu hafta boshidan respublikamizda ob-havo yana quruq, asosan kam bulutli va issiq bo‘ladi.

Kechasi harorat 20-23 daraja atrofida, kunduzi 36-39 darajagacha ko‘tariladi. Bunday ob-havo odatda avgust oyining birinchi yarmida kuzatiladi.

Faqat mamlakatimizning shimoliy hududlari Volgabo‘yi ustida shakllangan balandlikdagi siklon bilan bog‘liq bo‘lgan nam va salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida bulutlilik ortadi, 4-5-avgustda shamolning tezligi 15m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bu hududlarda 30-33 daraja atrofida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring