Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyichirchiqda ipoteka shartnomasiga amal qilmaslik bo‘yicha shikoyat ko‘paydi

Quyichirchiqda ipoteka shartnomasiga amal qilmaslik bo‘yicha shikoyat ko‘paydi

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Ibrat MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar nomidan ko‘p qavatli arzon uy-joylar uchun ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha tijorat banki tomonidan shartnoma shartlariga amal qilinmayotganligi yuzasidan Markaziy bankka murojaat kelib tushgan.

Murojaatni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati hamda tijorat banki mas’ullari murojaatchilar istiqomat qilayotgan mahallaga borib, ular bilan suhbatlashishgan.

Uchrashuv davomida fuqarolarning kredit shartnomasi shartlari yuzasidan bildirilgan fikr va e’tirozlari tinglangan. Dastlabki o‘rganishda fuqarolarda kredit shartnomalarining nusxasi yo‘qligi, kreditga foiz hisoblash tartibidan hamda kredit shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlaridan to‘liq xabardor emasliklari ma’lum bo‘lgan.

Ularga bu xususida batafsil huquqiy maslahatlar berilgani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring