Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlar boshlanadi

Rasman: diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlar boshlanadi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga asosan 4-sentyabr, juma kunidan boshlab barcha diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berildi.

Shu o‘rinda, «Barcha diniy tashkilotlar» deganda yurtimizdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib o‘tamiz. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi.

Ushbu qarorga muvofiq, yurtimizdagi masjidlarda juma namozi, ertaga, 4-sentyabr kuni ado etiladi.

Shuningdek, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari ham davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring