Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga direktor tayinlandi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga direktor tayinlandi

Foto: SSV matbuot xizmati

Farhod Norqo‘ziyev Norpo‘latovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, 50 yoshli mutaxassis Farhod Norqo‘ziyev o‘z faoliyatini Akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining lazer xirurgiyasi bo‘limi vrach-xirurgi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik ushbu markazning lazer xirurgiyasi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

2011 – 2017-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori, 2017 – 2020-yillarda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur filialning avvalgi boshlig‘i Davron To‘laganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor eti tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring