Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikaning 4 ta hududida aholi ro‘yxatga olinadi

Respublikaning 4 ta hududida aholi ro‘yxatga olinadi

Foto: «Twitter.com»

1-25-noyabr kunlari respublikaning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Bu haqda AOKAda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev, boshqarma boshlig‘i Qobil Berdiqulov, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi:

«Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilandi.

Aholini ro‘yxatga olish — mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi «fotosurati»ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir hisoblanadi.

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishdan maqsad — aholini ro‘yxatga olish uchun ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar, so‘rovnoma shaklidagi savollar, tashkiliy ishlar, dasturiy ta’minot va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish.

Sinov jarayonlarida aniqlangan barcha xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. Shuning uchun ham sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari asosiy tadbirdan kamida ikki yil oldin o‘tkaziladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring