Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya harbiylari O‘zbekistonda harbiy mashg‘ulotlarda qatnashdi (foto)

Rossiya harbiylari O‘zbekistonda harbiy mashg‘ulotlarda qatnashdi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dala o‘quv maydonida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlarda Rossiya Federatsiyasining harbiy mutaxassislari ham ishtirok etdi. Harbiy xizmatchilar kasbiy tayyorgarliklar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yig‘in davomida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi yangi usul va uslublar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Bundan tashqari ishtirokchilar e’tiboriga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy mutaxassislari tomonidan qurol-aslaha, harbiy anjom va jangovar texnikalardan foydalanishda erishilgan innovatsion yutuq va ratsionalizatorlik takliflari namunalari, kunduzgi va tungi sharoitlarda jangovar vazifalarni bajarishda qo‘llanadigan zamonaviy taktik uslub namunalari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi. Mavzularga oid qator o‘quv filmlari ko‘rsatildi.

Qo‘shinlarda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini zamonaviy talablarga ko‘ra tashkil etish va o‘tkazish, bu borada egallangan yangi taktik uslublar bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari «Muborak» dala o‘quv maydonida amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida turli namunadagi qurol-aslahalarni qo‘llash, harbiy texnikalar vositalarida harakatlanish kabi taktik me’yorlar amalga oshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring