Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Penzada avtohalokatga uchragan hamyurtlarimizdan biri vafot etdi

Penzada avtohalokatga uchragan hamyurtlarimizdan biri vafot etdi

Foto:«NTV»

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 6-iyun kuni Penza viloyatida yo‘l-transport halokatiga uchragan hamyurtlarimizdan biri hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekiston fuqarosi Patilloyev Sherali Xolnazarovich (06.09.1983) Kuznetsk tumanlararo kasalxonasida vafot etgan.

4-iyun kuni u va boshqa 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 «Ural» trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh miya jarohatlari bilan yuqorida qayd etilgan kasalxonaga joylashtirilgan edi.

Bosh konsulxonaga Penza viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugun taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytda quyidagi fuqarolar ushbu davolash muassasasining reanimatsiya bo‘limida:

1. Karakulov Ziyodullo Murtazoyevich, 05.11.1968-y.da tug‘ilgan;

2. Abduravitov Sunnat Islomitdinovich, 06.05.1995-y.da tug‘ilgan;

3. Turdaliyeva Sohibaxon Jurayevna, 24.03.1973-y.da tug‘ilgan;

travmatologiya bo‘limida:

1. Yegamberdiyev Ravshan Xalimjanovich, 08.06.1987-y.da tug‘ilgan;

2. Kosimov Fazliddin Baxriddinovich, 05.03.1986-y.da tug‘ilgan;

3. Abduravitov Musurmon Abdixalil o‘g‘li, 15.05.1995-y.da tug‘ilgan;

4. Safarov Nurulla Davlatmuradovich, 16.07.1985-y.da tug‘ilgan.

Marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy ko‘mak berish va jarohatlangan yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring