Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun qulaylik: sertifikat va sug‘urta tizimi soddalashtirildi

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun qulaylik: sertifikat va sug‘urta tizimi soddalashtirildi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Rossiyada mehnat migrantlariga patent rasmiylashtirish jarayonida kerakli bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikat olish va sug‘urta to‘lovi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qildi. Bu haqda «Sputnik» yozmoqda.

Bundan avval mehnat migrantlari rus tili bo‘yicha imtihonni va sug‘urta to‘lovlarini bevosita Rossiyada amalga oshirish kerak edi. Aytlishicha, endi bularning hammasini O‘zbekistonda hal qilish mumkin.

«Biz bu boshqichda patent olishda kerak bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikatni olish muammosini hal qilishga qaror qildik. Hozir bu jarayon ishga tushirilib, biz bu sertifikatlarni o‘zimiz bera olamiz. Shuningdek, biz Rossiyaga kelish va patent olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta masalasini ham hal qildik», — deb ta’kidlagan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili.

Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala — O‘zbekistonda berilgan tibbiy hujjatlarni Rossiyada amal qilishini ta’minlash masalasini hal qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Bundan tashqari, respublika bo‘ylab mehnat migrantlari uchun rus, ingliz, nemis, koreys tillarini o‘rganish hamda kerakli bo‘lgan kasblar (payvandlovchi, quruvchi) bo‘yicha bepul o‘quv kurslar ochilmoqda.

Shu yilda O‘zbekiston Rossiyaga 50 mingdan ortiq mehnat migrantlarini yuborishni rejalashtirgan. Ikkinchi yarim yillikda rekruting faoliyati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Bu jarayonga xususiy kompaniyalarni jalb qilish natijasida migrantlarni markazlashgan holda yig‘ish vazifalarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring