Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada qancha o‘zbek bor?

Rossiyada qancha o‘zbek bor?

Foto: «Fakty.ua»

Rossiyaga boshqa mamlakatlardan migratsion oqim 2018-yili 2005-yilgi minimumga tushib ketdi — jami 124,9 ming kishi keldi. Bu haqda Rosstat xabar berdi.

Agar 2017-yilga solishtirilsa, migratsion oqim 41 foizga yoki 87 ming kishiga qisqardi. Shu tariqa so‘nggi o‘n yilda ilk marotaba migratsiya oqimi tabiiy kamayish o‘rnini qoplay olmadi va Rossiya aholisi soni 93,5 ming kishiga kamaydi.

2014-yildan beri to‘rt yil davomida Rossiyaga eng ko‘p immigrant Ukrainadan kelayotgandi. Endi donor-mamlakatlar orasida birinchi marta Tojikiston yetakchiga aylandi: 31 ming kishi. 2018-yili qonuniy yo‘l bilan kelgan har to‘rtinchi immigrant tojikistonlik bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda — Qozog‘iston (+26,5 ming kishi), Ukraina uchinchi o‘rinda — +14,8 ming kishi.

Rossiyada yashab, ishlayotgan migrantlari umumiy soniga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchi. RF Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berishicha, 2018-yili O‘zbekistonning 4,5 mln. nafar fuqarosi migratsion hisobga qo‘yilib, 3,25 mln. nafari hisobdan chiqarilgan (saldo — 1,25 mln. kishi). Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari: migratsion hisobga 2,33 mln. kishi qo‘yilib, 1,53 mln. kishi hisobdan chiqarilgan (saldo — qariyb 800 ming kishi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring