Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi avtohalokatda o‘zbekistonliklar jabrlandi

Rossiyadagi avtohalokatda o‘zbekistonliklar jabrlandi

Foto: Aleksey Komarov / vk.com

Rossiyadagi M-5 «Ural» trassasining 754 kilometrida avtohalokat ro‘y berdi. «Gazel» yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va «Hyundai» mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada «Gazel» haydovchisi voqea joyida vafot etgan, yonidagi yo‘lovchi esa jarohatlangan. Shuningdek «Hyundai» haydovchisi va yo‘lovchilari ham turli darajada tan jarohatlari olgan.

Xabar qilinishicha, «Hyundai» mikroavtobusi yo‘nalishda qatnaydigan jamoat transporti bo‘lmagan va unda O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lning avtohalokat ro‘y bergan qismi vaqtincha yopib qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring