Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan: Rossiyaga boruvchilar meva-sabzavot olib ketishlari mumkin

Bugundan: Rossiyaga boruvchilar meva-sabzavot olib ketishlari mumkin

Foto: «Mir24.tv»

Rosselxoznadzor O‘zbekistondan meva-sabzavotlarni qo‘lda olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda ushbu nazorat organi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Rosselxoznadzor birgalikda ish olib borishi natijasida kelishuvga erishilgan. Bugun, 5-martdan Rossiya hududiga o‘zbekistonliklar qo‘l sumkasida meva va sabzavotlar, quruq mevalar va yong‘oqlar olib kirishi mumkin.

O‘zbekiston kafilligi ostida ushbu qarorga kelingani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring