Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sahroga aylangan Mo‘ynoqdagi mo‘jiza — yangi DXM foydalanishga topshirildi

Sahroga aylangan Mo‘ynoqdagi mo‘jiza — yangi DXM foydalanishga topshirildi

Foto: Davlat xizmatlari markazi

Prezidentimizning maxsus qarori asosida Orolbo‘yi hududi mahalliy aholisining turmush sharoitini yaxshilashga, aholi punktlari infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi ushbu strategik ahamiyatga molik harakatga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Orolbo‘yi hududining yuragi hisoblanmish – Mo‘ynoq tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda bu yerda 31 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi.

Markaz binosi 288 kvadrat metr maydonda barpo etilib, mazkur binoda Davlat xizmatlari markazi bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mo‘ynoq tumani Xalq qabulxonasi joylashgan.

DXMda investorlar uchun alohida xona, bolalar o‘yingohi hamda tibbiy punkt ham mavjud.

Markaz binosi yangicha uslubda bezatilgan bo‘lib, xizmatlarni onlayn tarzda olish imkonini beradigan infokiosklar, elektron navbat uchun maxsus monitorlarning o‘rnatilishi, zamonaviy administrator burchagi – bularning hammasi murojaat qilgan har bir fuqaroga alohida e’tibor qaratilganligining namunasi.

Markaz binosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish davomida elektron navbat tizimining o‘rnatilishi, shinam kutish zallari, ona va bolalar xonasi kabi shart-sharoitlar yaratilishi Mo‘ynoq tumani aholisiga sifatli, qulay va tezkor davlat xizmatlarini ko‘rsatishga imkon yaratadi.

Bir kunda 250-300 fuqaroga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. Yangi Davlat xizmatlari markazi Mo‘ynoq tumani aholisi uchun qulay davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘lida haqiqatdan ham katta qadam bo‘lishiga umid qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring