Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Blogerlarga ham jurnalistlar kabi huquq berish taklif qilinmoqda»

Saida Mirziyoyeva: «Blogerlarga ham jurnalistlar kabi huquq berish taklif qilinmoqda»

Foto:«Facebook»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida OAV va blogerlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yangiliklar haqida yozdi. 

«Bugungi kunda biz tomondan mamlakatimiz OAV va blogerlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq normalar ishlab chiqilmoqda.

Jumladan, qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda:

Jurnalistning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning so‘rovi asosida axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishda ifodalangan tarzda to‘sqinlik qilish, shuningdek, jurnalistga bosim o‘tkazish, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kiritish;

-Blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish.

Shu munosabat bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar taklif etilgan» deydi Mirziyoyeva.

Shuningdek AOKA direktori o‘rinbosari loyiha bo‘yicha har qanday taklif va mulohazalaringizni kutishi va ular hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o‘rganib chiqiladi va inobatga olinishini ma’lum qilgan.

Qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring