Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Siz tahsinga sazovorsiz!» (video)

Saida Mirziyoyeva: «Siz tahsinga sazovorsiz!» (video)

Foto: Saida Mirziyoyevaning shaxsiy kanali

Kecha, 25-fevral kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «O‘zbegim ayoli» milliy mukofotini topshirish marosimida Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, oilasi bilan bog‘liq voqealarni gapirib bergani haqida xabar berilgandi.

Quyidagi videoda ushbu marosimdagi nutqni to‘liq shaklda tinglashingiz mumkin.

— «O‘zbegim ayoli» Milliy mukofotini topshirish marosimida munis ayollarimiz uchun ko‘nglimda yig‘ib yurgan gaplarimni izhor qilishga harakat qildim.

Men uy-ro‘zg‘or tashvishlaridan ortib, oldiga katta maqsadlar qo‘ygan va ularga erishayotgan ko‘plab ayollarni bilaman hamda ularning oldida hamisha ta’zimdaman. Siz haqiqiy o‘zbek ayoli nimalarga qodir ekanini barchaga isbotladingiz. Barcha ayollarimiz jamiyatda hurmat va ehtirom qozonishga haqli va buning uchun ularga imkon berilsa bas.

Ayollarimizga qarata shunday demoqchiman: Siz tahsinga sazovorsiz! — deya izoh berdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring